Bizning vazifamiz
Dori preparatlarining klinik tadqiqotlarida ishtirok etish orqali bemorlar va shifokorlarga innovatsion terapiya usullaridan foydalanish imkoniyatini berish.
Ishonchli qoʻllarda
BIOCAD kompaniyasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan shaxs yuqori malakali mutaxassislar nazorati ostida boʻladi va preparatlar hamda texnologiyalardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. [*]
BIOCAD
Jahon darajasidagi ilmiy-tadqiqot markazlari, zamonaviy farmatsevtika va biotexnologiya ishlab chiqarishi hamda xalqaro standartlarga mos keladigan klinikagacha va klinik tadqiqotlarni birlashtirgan Rossiyadagi eng yirik biotexnologik innovatsion kompaniyalardan biri. BIOCAD onkologik va autoimmun kasalliklarni davolash uchun preparatlar ishlab chiqaradi, shuningdek irsiy kasalliklar terapiyasi uchun dori preparatlarini ishlab chiqadi.
- BIOCAD klinik tadqiqotlari Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va (yoki) dunyoning boshqa mamlakatlari tartibga soluvchi organlari tomonidan tasdiqlangan tibbiyot muassasalari bazasida oʻtkaziladi.
- Klinik tadqiqotda ishtirok etish faqat ushbu klinik tadqiqot oʻtkazilayotgan mamlakatning tartibga soluvchi organi tomonidan maʼqullangandan keyingina mumkin boʻladi.
- Ushbu loyiha klinik tadqiqotlar haqida ochiq, axborot-maʼrifiy va maʼlumotnoma resursi hisoblanadi.
[*] Klinik tadqiqot protokoli bilan nazarda tutilgan tibbiy koʻrik va terapiya klinik tadqiqot ishtirokchisi (yoki uning qonuniy vakili) axborotlantirilgan rozilikni imzolaganidan soʻng bepul taqdim etiladi.