«BIOCAD» AJning Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish siyosati toʻliq versiyasi.
1. «Biocad» AJ haqida
1.1 «Biocad» aksiyadorlik jamiyati (INN 5024048000, OGRN 1025002867196, 198515, Sankt-Peterburg sh., Strelna posyolkasi shahar ichki hududi, Svyazi koʻchasi, 38-uy, 1-imorat, 89-xona), bundan buyon – «Biocad» AJ/Operator/Kompaniya.
1.2 «Biocad» AJ – Roskomnadzor operatorlari reyestriga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlar operatori.
1.3 Kompaniya shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qonuniylik, adolatlilik va maxfiylik tamoyillariga amal qiladi hamda ularga ishlov berish jarayonlarining xavfsizligini taʼminlaydi.
2. Asosiy qoidalar
2.1 Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilishga oid mazkur Siyosat (bundan buyon – «Siyosat») Rossiya Federatsiyasining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularning xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonunchiligiga rioya etish maqsadida ishlab chiqilgan.
2.2 Siyosat Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi, shuningdek «Biocad» AJning ichki hujjatlari hisobga olingan holda yozilgan.
2.3 Siyosat ommaga ochiq hujjat boʻlib, «Biocad» AJning rasmiy saytida quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://biocad.ru/user-agreement/politika_kompanii
2.4 Agar ushbu Siyosatga yoki uning Toʻliq versiyasiga boshqa saytlar (mazkur saytdan tashqari) havola qilsa, bu ular ham «BIOCAD» AJning Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish siyosatiga rioya qilishini anglatadi.
1.5 Hujjat bir tomonlama tartibda qayta koʻrib chiqilishi va toʻldirilishi mumkin. Hujjat versiyasining amaldagi sanasi sahifa boshida, sarlavha ostida koʻrsatilgan.
3. Ishlov berish maqsadlari, shaxsga doir maʼlumotlar toifalari va shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari toifalari
3.1 Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalarsiz amalga oshiriladi.
3.2 Operator yuqumli kasalliklarning oldini olish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, Rossiya Federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchiligi va mehnat qonunchiligini ijro etish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlar subyektining sogʻligʻi holatiga oid maxsus toifadagi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beradi.
3.3 Operator biometrik shaxsga doir maʼlumotlarga (insonning fiziologik va biologik xususiyatlarini tavsiflovchi, uning shaxsini aniqlash imkonini beradigan maʼlumotlarga) ishlov bermaydi.
3.4 https://ct.biocad.ru/ Saytidan foydalanish jarayonida maʼlumotlariga ishlov berilishi mumkin boʻlgan subyektlar toifalari va ishlov berishning asosiy maqsadlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Toʻliq roʻyxat bilan Siyosatning Toʻliq versiyasida hamda Roskomnadzor reyestrida tanishish mumkin.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari | Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari toifalari |
shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining Operatorga yoʻllagan soʻrovlari/murojaatlarini roʻyxatga olish va ularga javob berish | qonuniy vakillar, Operatorga murojaat yoʻllovchi jismoniy shaxslar. |
ilmiy maqolalar va boshqa axborot xabarnomalarini nashr etish | xodimlar, tadbir ishtirokchilari, tadbirlarda soʻzga chiquvchi spikerlar. |
shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish | shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishga rozilik bergan shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari. |
Operatorning boʻsh lavozimlariga xodimlar (nomzodlar) tanlash | taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilar; boʻsh lavozimlarni egallashga nomzodlar; «Biocad» AJning affillangan kompaniyalaridagi boʻsh lavozimlarni egallashga nomzodlar. |
tovarlar, ishlar, xizmatlarni bozorda ilgari surish | bemorlar, shifokorlar, taʼlim muassasalari xodimlari, tadbir ishtirokchilari. |
subyektning mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ichki va jamoat tadbirlarida, shuningdek xayriya tadbirlarida ixtiyoriy ishtirokini tashkil etish | xodimlar, tadbir ishtirokchilari. |
ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish | qonuniy vakillar, shifokorlar, taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilar, taʼlim muassasalari xodimlari. |
4. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish
4.1 «Biocad» AJ faqat siz ishlov berishga rozilik bergan maʼlumotlardan foydalanadi.
4.2 «Biocad» AJ maʼlumotlaringizdan faqat rozilikda koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanadi.
4.3 Shaxsga doir maʼlumotlarga Roziliksiz faqat quyidagi hollarda ishlov berilishi mumkin:
4.3.1 agar siz naf oluvchi yoki kafil boʻlsangiz, shartnomani ijro etish uchun;
4.3.2 rozilik olishning imkoni boʻlmasa, hayotingiz, sogʻligʻingiz yoki boshqa hayotiy muhim manfaatlaringizni himoya qilish uchun;
4.3.3 statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida, majburiy ravishda shaxssizlashtirilgan holda;
4.3.4 agar maʼlumotlar amaldagi federal qonunga muvofiq eʼlon qilinishi yoki majburiy oshkor etilishi lozim boʻlsa;
4.3.5 «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi 152-FZ-son Federal qonunning 6-moddasiga muvofiq boshqa hollarda.
5. Shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash choralari
5.1 Operator tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning xavfsizligi huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
5.2 Siyosatga Kompaniyaning barcha xodimlari amal qiladi.
5.3 Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qonuniy va adolatli asosda amalga oshiriladi.
5.4 Kompaniyada shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Masʼul shaxs tayinlangan.
5.5 Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ustidan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq ichki nazorat amalga oshiriladi, unga muvofiq Operatorning ichki hujjatlari qabul qilingan.
5.6 Maʼlumotlarni ularga qonunga xilof yoki tasodifiy kirishdan, yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxa koʻchirish, taqdim etish, tarqatishdan, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan boshqa gʻayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralar koʻriladi.
6.7 Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish maqsadlariga mos kelmaydigan ishlov berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5.8 Bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarda ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Sizning huquqlaringiz
6.1 Kompaniya shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish sohasidagi qonunchilikka amal qiladi va «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi 152-FZ-son Federal qonunda batafsil bayon etilgan huquqlaringizga toʻliq rioya qiladi.
6.1 Ishlov berish maqsadlariga erishilganda, rozilik muddati tugaganda yoki shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik qaytarib olinganda shaxsga doir maʼlumotlaringizga ishlov berish toʻxtatiladi.
6.2 Soʻrovingizga binoan Kompaniya shaxsga doir maʼlumotlaringizga ishlov berishga oid axborotni majburiy tartibda taqdim etadi.
6.3 Siz har doim oʻz shaxsga doir maʼlumotlaringizdan foydalanish, ularni aniqlashtirish, oʻchirishni soʻrash, ularga ishlov berishga eʼtiroz bildirish va maʼlumotlaringizga ishlov berishni cheklashni talab qilish huquqiga egasiz.
6.4 Qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shaxsga doir maʼlumotlaringiz tegishli huquqiy asossiz uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
6.5 Siz oʻz huquqlaringizni mustaqil ravishda ham, vakil orqali ham himoya qilishingiz mumkin.
6.7 Istalgan vaqtda Roziligingizni qaytarib olishingiz yoki shaxsga doir maʼlumotlaringizga ishlov berish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bizga [email protected] elektron manziliga xat yuborish yoki ilovalar roʻyxati bilan buyurtma pochta joʻnatmasini «Biocad» AJning yuridik manziliga yuborish orqali murojaat qilishingiz mumkin: 198515, Sankt-Peterburg sh., Strelna posyolkasi shahar ichki hududi, Svyazi koʻchasi, 38-uy, 1-imorat, 89-xona (rus tilidagi asl matn: 198515, г. Санкт-Петербург, вн. тер. г. поселок Стрельна, ул. Связи, д. 38, стр. 1, помещ. 89).