Klinik tadqiqotlar haqida
Eng koʻp beriladigan savollarga javoblar
Klinik tadqiqot nima?
Tegishli klinik amaliyot boʻyicha yoʻriqnoma E6(R2) / International Council for Harmonisation Good Clinical Practice (ICH GCP E6(R2)) ga muvofiq, klinik tadqiqot — bu tadqiq qilinayotgan mahsulotlarning klinik va (yoki) farmakologik taʼsirlarini aniqlash yoki tasdiqlash, va (yoki) tadqiq qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan nojoʻya reaksiyalarni aniqlash, va (yoki) ularning xavfsizligi va (yoki) samaradorligini baholash maqsadida soʻrilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini oʻrganish uchun inson ishtirokida oʻtkaziladigan har qanday tadqiqot. Shunday qilib, klinik tadqiqot — bu insonlar ishtirokchi sifatida qatnashadigan, asosiy maqsadi esa oʻrganilayotgan dori preparatining samaradorligi va xavfsizligini baholashdan iborat boʻlgan ilmiy tadqiqot.
Muvaffaqiyatli oʻtkazilgan klinik tadqiqot oʻrganilayotgan preparatning samaradorligi va xavfsizligining isboti hisoblanadi va shu sababli har doim uni ishlab chiqish jarayonining ajralmas qismi boʻlib xizmat qiladi.