BIOCAD | Klinik tadqiqotlar

BIOCAD kompaniyasining klinik tadqiqotlari haqidagi dolzarb maʼlumotlarni tezkor va qulay izlash uchun resurs

BIOCAD Klinik tadqiqotlari quyidagilar uchun yaratilgan:

  • potensial ishtirokchilar va shifokorlarni BIOCAD kompaniyasining Rossiya Federatsiyasi hududidagi hamda undan tashqaridagi klinik tadqiqotlari haqida xabardor qilish uchun;
  • BIOCAD kompaniyasi klinik tadqiqotlarining potensial ishtirokchilari uchun tadqiqot markazlarini tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tarzda izlash uchun.

Koʻlami

BIOCAD klinik tadqiqotlari Rossiya, Belarus Respublikasi, Hindiston, Pokiston, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mamlakatlari, Xitoy, Braziliya, Vyetnam va Turkiyada oʻtkazilmoqda.


Rivojlanish

BIOCAD tomonidan oʻtkaziladigan klinik tadqiqotlar soni har yili ortib bormoqda. 2020-yilda kompaniya 17 ta loyiha ustida ishlagan boʻlsa, 2021-yilda ularning soni 26 taga yetdi, 2022-yilda esa 37 tani tashkil etdi. 2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda faol loyihalar soni 59 taga koʻpaydi. Shunday qilib, uch yil ichida BIOCAD tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqotlar soni bir yarim baravardan koʻproqqa oshdi. Hozirgi vaqtda BIOCAD 55 dan ortiq klinik tadqiqotlarni amalga oshirmoqda.

Kompaniya melanoma, koʻp sonli miyeloma, bachadon boʻyni saratoni, Kron kasalligi, yarali kolit, koʻkrak bezi saratoni, qovuq saratoni, gemofiliya B, aksial spondiloartrit, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya, Devik kasalligi va boshqa kasalliklarni davolash uchun dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazgan va oʻtkazishda davom etmoqda.

Oʻz navbatida, tadqiqot ishtirokchilarining soni ham ortib bormoqda: agar 2020-yilda 1 450 kishi jalb qilingan boʻlsa, 2023-yil oxiriga kelib kompaniya oʻz tadqiqotlariga 1 700 dan ortiq yangi ishtirokchilarni qabul qildi. 2025-yilda kompaniya 1 950 nafar yangi ishtirokchini randomizatsiya qildi, 2025-yilda tadqiqot ishtirokchilarining umumiy soni esa 3 500 kishidan oshdi.


Sinchkovlik bilan tayyorgarlik koʻrish va xavfsizlikni taʼminlash

Laboratoriya probirkasida molekulani yaratish bosqichidayoq tadqiq qilinayotgan dori preparatining xavfsizligi sinchkovlik bilan oʻrganiladi. Olimlar, agar mavjud boʻlsa, muqobil preparatlarni yaratish boʻyicha xalqaro tajribani tahlil qiladilar, shuningdek preparatning xavfsizlik profilini modellashtirishni amalga oshiradilar. Soʻngra hayvonlar ishtirokidagi klinikagacha boʻlgan tadqiqotlar bosqichi keladi. Ushbu barcha bosqichlar insonlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarni boshlash uchun preparatning xavfsiz dozasini aniqlash imkonini beradi.

Bunday tadqiqotlar borishini maʼlumotlarni monitoring qilish mustaqil qoʻmitalari (MMQ) kuzatib borishi mumkin. Ular xavfsizlik haqidagi maʼlumotlarni va samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlarini tahlil qiladilar, soʻngra homiylarga tadqiqotni davom ettirish, toʻxtatish yoki unga oʻzgartirishlar kiritishni tavsiya etadilar. Rossiya Federatsiyasi hududida BIOCAD kompaniyasining klinik tadqiqotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Etika boʻyicha ekspertlar kengashi, RF Sogʻliqni saqlash vazirligi va mustaqil etika qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan protokollarga muvofiq oʻtkaziladi.


Qatʼiy nazorat

Har bir klinik tadqiqot oʻz xususiyatlari va talablariga ega, shu sababli uning oʻtkazilishi ichki va tashqi mustaqil auditlar doirasida sinchkovlik bilan tekshiriladi. BIOCAD ning klinik tadqiqotlarni tashkil etish uchun masʻul boʻlgan barcha tadqiqot markazlari va boʻlinmalari audit tekshiruvidan oʻtadi. Shuningdek, klinik tadqiqotlar doirasida xizmat koʻrsatuvchilar ham majburiy auditdan oʻtadilar.

BIOCAD kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan klinik tadqiqotlarga jalb qilingan bemorlarning xavfsizligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Tadqiqotlar qatʼiy ilmiy va etik tamoyillarga javob beradi hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining 2016-yil 03-noyabrdagi «Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tegishli klinik amaliyot qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi» 79-sonli Qarori va RF Sogʻliqni saqlash vazirligining 2016-yil 1-apreldagi «Tegishli klinik amaliyot qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi» 200n-sonli buyrugʻi qoidalariga asoslanadi.


Qoʻllab-quvvatlash

BIOCAD klinik tadqiqotlarning barcha ishtirokchilarini tibbiy xavflarni qoplay oladigan sugʻurta polisi bilan taʼminlaydi.

Klinik sinov davomida barcha ishtirokchilarning holati shifokorlar tomonidan klinik sinov protokoliga muvofiq kuzatiladi.

BIOCAD klinik sinovlarining birinchi bosqichida ishtirok etayotgan sogʻlom koʻngillilarga pul kompensatsiyasi berilishi mumkin.