BCD-237

Tadqiqot qilinayotgan biosimilyar dori vositasi
Klinik sinovlar roʻyxati

BCD-237 antitana-dori vositasi konyugati boʻlib, Kadsila® preparatining (xalqaro patentlanmagan nomi trastuzumab emtanzin) bioanalog sifatida ishlab chiqilmoqda.

Monoklonal antitana — bu olimlar tomonidan laboratoriyada yaratilgan, inson immun tizimining tabiiy antitanalariga oʻxshash va inson organizmidagi muayyan nishon bilan bogʻlanishga moʻljallangan oqsil1. Tadqiq qilinayotgan BCD-237 preparatida HER22 ga nisbatan gumanizirlangan monoklonal antitana (immunoglobulin G1) tubulin polimerizatsiyasi ingibitori (sitotoksik agent) bilan bogʻlangan.

BCD-237 — BIOCAD kompaniyasining klinik ishlab chiqish bosqichida boʻlgan preparatlaridan biri.

Tadqiq qilinayotgan preparatning taʼsir qilish mexanizmi shundan iboratki, gumanizirlangan monoklonal antitana HER2-retseptori bilan bogʻlanadi va oʻsma hujayrasini immun tizimi uchun markirovkalaydi, sitotoksik agent esa potensial ravishda oʻsma hujayrasining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin3.

  1. Weiner LM, Surana R., Wang S. Monoclonal antibodies: versatile platforms for cancer immunotherapy. Nature Reviews Immunology. 2010;10(5):317–27.
  2. Inson epidermal oʻsish omili retseptorlari 2-tipi.
  3. LoRusso P. M., Weiss D., Guardino E., Girish S., Sliwkowski M. X. Trastuzumab emtansine: a unique antibody-drug conjugate in development for human epidermal growth factor receptor 2-positive cancer. Clin Cancer Res. 2011; 17 (20): 6437-47.

Saytning ushbu boʻlimida tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan tadqiq qilinayotgan dori preparati haqida maʼlumotlar mavjud.